Turkiyada 3 nafar jangari 10 ta umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Jahon 23:23 / 15.06.2016 4735

Turkiyada sud IShID terrorchilik guruhining uch nafar jangarisiga umumiy hisobda 10 ta umrbod qamoq jazosi berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Shveytsariya fuqarosi Sendrim Ramadi 5 ta umrbod, Germaniya fuqarosi Binyamin Shu 4 ta umrbod, Makedoniya fuqarosi Muhammad Zokiriy bitta umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Jangarilar 2014 yilda Nigde shahrida askar, politsiyachi va yuk mashinasi haydovchisining qotilligi uchun hibsga olingan.

Ayblanuvchilar shuningdek Istanbulda terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganlikda aybdor deb tan olindi.

Ko‘proq yangiliklar: