Tula sudi o‘z chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosini umumiy tartib o‘tash kaloniyasida 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Rossiya Federatsiyasining Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatida xabar qilinishicha, ayol farzandini boqa olmasligi uchun bu qilmishni amalga oshirishni maqsad qilgan.
"Sud qaroriga ko‘ra ayol umumiy tartib koloniyasida jazo o‘tash sharti bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan", - deyiladi matbuot xizmatida.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil 20 avgust kuni Tuladagi tug‘ruqxonadan javob olgan ayol yangi tug‘ilgan qizi bilan jamoat transportida Tula viloyat shifoxonasigacha birga boradi. U farzandini boqa olmasligiga ko‘zi yetgach, bekatdan uzoq bo‘lmagan kimsa yo‘q yerda chaqaloqning og‘zini qo‘llari bilan berkitadi va qizaloq nafas olishdan to‘xtamaguniga qadar ushlab turadi. Yangi tug‘ilgan go‘dakni ayol bilan birga yashaydigan kishi musulmonlar mozorida ko‘mgan. Ayol xonadoshiga farzandining o‘limi sababini oshkor etmaydi.
Voqea hamshira chaqaloqning turar-joyiga kelganidan so‘ng ma'lum bo‘lgan. Hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqni uydan topa olmagach, huquqni himoya qilish organlariga xabar beradi.