Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votel 15 iyun kuni Dushanbeda mudofaa sohasida hamkorlik qilish masalasida muzokara o‘tkazishdi.
“Uchrashuv vaqtida Tojikiston va AQSh hamkorligi masalalari yuzasidan muzokara o‘tkazildi. Muzokaralar mavzusi mudofaa hamda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘ldi”, - deyiladi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati bergan ma'lumotda.
Rahmonning ta'kidlashicha, “Tojikiston AQSh bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilish mintaqa tinchligi va xavfsizligi, ayniqsa, bu holatni Afg‘onistonda ta'minlanishiga kafolat bo‘la oladi, deb hisoblaydi”.
Tomonlar, shuningdek, AQSh Xalqaro moliyaviy ko‘mak dasturidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan ham muzokara olib borishdi.