Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, Islandiya terma jamoasi futbolchilari xususida keskin fikrlar bildirdi. U, islandiyaliklarning Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2016 guruh bosqichi birinchi o‘yinida qayd etilgan durangga munosabatini tanqid qilgan.
«Islandlar go‘yoki Yevropa chempionatini yutib olishgandek xursand bo‘lishdi. Bu aqlsizlik. Shu boisdan, Islandiya termasi hech narsaga erisha olmaydi», — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi GFFN EURO 2016 tvitteri.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya — Islandiya o‘rtasidagi o‘yin 14 iyun kuni bo‘lib, 1-1 hisobida durang bilan yakunlandi.