Indiegogo saytida elektron hamyonning yangi turi Spendwallet uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha aksiya muvaffaqiyatli davom etmoqda. U o‘zida 20 ta magnitli kartagacha (kredit, debet va sovg‘a kartalarini) bo‘lgan ma'lumotlarni sig‘dira oladi. Boshqa teginishlarsiz to‘lov turlaridan farqli ravishda bu yerda NFC emas, Magnetic Flux Emulation (MFE) magnit texnologiyasi mavjud. Maxsus dastur kartarider uchun magnit ipi bilan original plastik kartalaridan hisobni yechayotganida zarur bo‘lgan magnit maydonini yaratadi. Sensorli tugmalar orqali tranzaksiyani amalga oshirish uchun kerakli karta tanlanadi va to‘lov fakti tasdiqlanadi. LED displeyi operatsiyalarni belgilash uchun xizmat qiladi.
Spendwallet’da yangi kartalarni saqlash to‘plamli o‘qish dasturi yordamida amalga oshadi. Dastur smartfonga iOS yoki Android OT bazasida audio ulagichi orqali yoqiladi. Mobil dastur Spendwallet’dagi karta ma'lumotlarini qurilmalarda ham sinxronlashtiradi. Yozib olingan ma'lumot 256 bitli kriptoalgoritm bilan himoyalangan. Spendwallet smartfon bilan Bluetooth orqali bog‘lanadi. Qurilmadan 20 metr uzoqlashish holatida mobil telefon bu haqida ogohlantiradi, barcha saqlangan ma'lumotlar esa o‘chib ketadi. Dasturchilar qayd etishicha, qurilma bankomatlar bilan o‘zaro hamkorlikka mo‘ljallanmagan. Sababi Spendwallet’da favqulodda hodisalar bo‘lganda bitta plastik kartalarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Ichki batareya bir oylik foydalanish uchun yetadi, zaryadlash microUSB ulagichi orqali amalga oshadi. 76x120x5.6 mm ulagichli qurilma narxi — 99 dollar.