Pentagon IShID yetakchisi yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlamadi

Jahon 00:24 / 15.06.2016 4355

AQSh mudofaa vazirligi IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinganini tasdiqlay olmaydi. Bu haqda 14 iyunda Pentagon vakili, Dengiz askarlari korpusi mayori Edrian Renkayn-Gellouey jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Bizda bu rost ekanligini ta'kidlashga asos yo‘q", deb aytdi mayor al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqidagi xabarlarga izoh berib.

Avvalroq "Elaf" arab internet-portali IShID bilan bog‘liq bo‘lgan manbalari bergan ma'lumotlarni keltirib, al-Bag‘dodiy AQSh tomonidan boshchilik qilinadigan aksilterrorchilik koalitsiyasi zarbasi oqibatida Suriyada yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

O‘z navbatida "Viloyat Raqqa" internet-resursi terrorchi Raqqa shahri yaqinida koalitsiya zarbasi bilan yo‘q qilinganini aytgan. Xuddu shunday ma'lumotni IShID bilan bog‘liq bo‘lgan "Amak" axborot agentligi keltirib o‘tgan. Agentlikning ta'kidlashicha, terrorchi Raqqada 10 iyunda aviazarba oqibatida yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: