AQSh huquq-tartibot muassasalari Orlandodagi tungi klubda terakt sodir etgan Omar Matinning rafiqasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishlari mumkin, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
Ta'kidlanishicha, Matinning raifaqasi Nur Zaxi Salmon FQBga bergan ko‘rsatmalariga ko‘ra, erining rejalaridan xabari bo‘lgan va uni bundan qaytarishga harakat qilgan. Bundan tashqari, Nurning aytishicha, Matin qo‘ndoq va o‘q-dorilar sotib olgan kuni eri bilan birga qurol-aslaha do‘konida bo‘lgan.
NBC News telekanalining ma'lum qilishicha, Salmon erini bir necha marta tungi klubga mashinada eltib qo‘ygan. Uning aytishicha, eri klub ichini o‘rganib chiqmoqchi bo‘lgan.