NATO bosh kotibi Rossiyani Ukraina sharqidagi isyonchilarga yordam berishda aybladi

Jahon 15:18 / 15.06.2016 4822

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, Rossiya hamon Ukraina sharqidagi isyonchilarga ko‘mak berib kelmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Donbassga qurol va qurilmalar yetkazib berishda davom etmoqda.

“O‘t ochish rejimi qayta va qayta buzilmoqda. Va bu yanada ko‘p xavotir keltirib chiqarmoqda”, - deb qo‘shimcha qilgan NATO bosh kotibi.

Ko‘proq yangiliklar: