MRB qo‘lga olish va so‘roq qilish usullariga oid yangi hisobotini e'lon qildi

Jahon 12:29 / 15.06.2016 6387

AQSh markaziy razvedka boshqarmasi Axborot erkinligi Qonuniga asoslangan holda, maxfiylik toifasidan olingan 50 ta hujjatlar to‘plamini e'lon qildi. Ular hibsga olish va so‘roq qilish uslublariga oid, deb yozadi Politico gazetasi. 

Jumladan, ulardan birida xodimlar so‘roq qilish usullari xususidagi xavotirlarini yozma ravishda xabar qilishi mumkin emasligi ta'kidlangan. 

Oshkor qilingan sahifalarning boshqasida, xodimlardan biri "ishlarning hozirgi holati borasida jiddiy shubhalarga borgani sababli" so‘roq qilish dasturida boshqa qatnashish niyati yo‘qligini va iste'foga chiqishni rejalashtirayotganini bildirgan. 

Bundan tashqari, 2002 yil noyabr oyida MRBning Afg‘onistondagi qamoqxonasida halok bo‘lgan Gulya Rahmonning o‘limiga oid ichki tekshiruvlar natijasi ham e'lon qilingan. Unga ko‘ra, mahbus minus darajali harorat bo‘lishiga qaramay, bitta futbolkada kamera devoriga suyab qo‘yilganidan hayotdan ko‘z yumgan. 

Nashrning ta'kidlashicha, hujjatlarning katta qismi jiddiy tahrir qilingani aniq. 

Shu bilan birga, MRB tibbiy xodimining so‘roq qilish dasturi xususidagi fikrlaridan maxfiylik tamg‘asi olinmagan. 

Avvalroq, MRB «to‘satdan» boshqarma qo‘llaydigan zo‘ravonlik va majburlashlarga oid muhim hujjatini yo‘q qilib yuborgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: