AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton prezidentlik poygasidagi raqibi Donald Trampning Orlandodagi tungi klubdagi otishmadan keyin aytgan so‘zlariga izoh berdi.
Tramp terakt haqidagi nutqida "radikal islom" so‘zini aytmagan Klintonni ham tanqid qildi va uni prezidentlik poygasidan chiqib ketishga chaqirdi.
"Agar Donaldning fikricha, men bu xavfni o‘z nomi bilan aytmayotgan bo‘lsam, unda u meni umuman eshitmayotgan ekan. Biroq men butun dinga qarshi urush e'lon qilmoqchi emasman", deb aytdi Klinton rasmiy tvitterida.
Klinton Trampning musulmonlarga AQShga kirishni taqiqlash fikri nafaqat noto‘g‘ri va xavfli ekanligi, balki bu holatda ma'nosizligini, chunki orlandolik mergan Tramp kabi Nyu-Yorkning Kuins tumanida tug‘ilganini ta'kidlab o‘tdi.
12 iyunda Orlandodagi tungi klubda afg‘on millatiga mansub AQSh fuqarosi, 29 yoshli Omar Matin otishma sodir etib, 49 kishini o‘ldirgan, yana 50 dan ko‘proq odamni yaralagan.