NATO IShIDga qarshi kampaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi lozim. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Bryusselda NATO vazirlari uchrashuvi natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
"Biz NATO Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kampaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi, jumladan u yerga AVAKS samolyot-radarlarini yuborishi yoki Iroq armiyasi uchun zobitlarni tayyorlashda ishtirok etishi mumkinligini ko‘rib chiqdik", deb ta'kidlab o‘tdi Karter.
Karterning ta'kidlashicha, "Turkiya va Suriya chegarasi IShID jangarilarini ta'minlashning oldini olish uchun ishonchli yopilishi kerak".
Karterning aytishicha, NATOning Sharqiy Yevropadagi 4 ta ko‘p millatli batalonlariga asosiy kuchlarni AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya taqdim qiladi.
Bu batalonlarning strukturasi haqidagi yakuniy qaror 8-9 iyulda NATOning Varshavadagi sammitida qabul qilinadi. Batalonlar 2017 yil yanvardan joylashtiriladi.