Kan: Ronalduning ishvasi va harakatlaridan zerikdim

Sport 12:25 / 15.06.2016 10549

Germaniya milliy terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" futbol klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan, Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi. Kanning fikricha, Ronaldu egosentrizm va ayrim salbiy axloq sohibidir. 

«U kabi o‘yinchi yoshi o‘tgan sayin buni tushunishi kerak. Ammo, faqat bir xil harakatni ko‘raverish jonga tega boshlaydi. Men, uning mug‘ambirlik va turli harakatlarini nazarda tutmoqdaman. U chempionlar ligasi finalida hal qiluvchi penaltini golga aylantirdi. Albatta, bundan so‘ng futbolkani yirtib golni nishonlash mumkin. Biroq, shunchalik ko‘p sovrinni yutib olgan o‘yinchi, golni bosiqlik bilan nishonlasa bo‘lardi. Shu bilan birga, «Atletiko» o‘yinchilari haqida qayg‘urish ham yomon ish emas. Mana shu, uni yuksaklarga ko‘tarardi. Afsuski, buning o‘rniga biz faqat uning ishvasi hamda manyovrlarini ko‘ramiz. Men bundan zerikdim», — deya Kan so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bild nashri.

Ko‘proq yangiliklar: