«Barselona», «Inter» va «Anji» jamoalarining sobiq hujumchisi Samuel Eto'O dugonasi — Jorjyett Tra Luga uylandi. Marosim Italiyaning Stetstsano shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda, Samuelning Kataloniya jamoasidagi sobiq hamkori Karles Puyol ishtirok etdi, deb yozmoqdaDaily Mail.
Ayni vaqtda, Eto'O Turkiyaning «Antalyaspor» jamoasida to‘p tepmoqda. Samuel xalqaro maydonda Kamerun terma jamoasining bayrog‘ini himoya qilgan. U terma jamoa tarkibida 118ta o‘yinda maydonga tushib, 56ta gol urishga hamda Afrika millatlar kubogini ikki marta yutishga muvaffaq bo‘lgan.