Indoneziyadagi ko‘prikning qulashi besh odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Jahon 00:32 / 15.06.2016 4293

Indoneziya markaziy qismi G‘arbiy Kichik Zond orollarida qurilishi davom etayotgan ko‘prikning qulashi oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ANTARA axborot agentligiga tayanib TASS xabar qildi.

“Qidiruv va qutqaruv milliy agentligi guruhi tomonidan besh nafar qurbonning tanasi topildi”, - dedi ushbu bo‘linma matbuot kotibi Putu Chakra Ningrat.

Falokat natijasida yana besh kishiga og‘ir tan jarohati yetgan. Ularning barchasi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: