Janubiy Xitoyning Guychjou shahrida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir qator tumanlarda suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Ba'zi uy joylar esa vayronaga aylangan. “Sinxua” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu talofatdan 5 kishi halok bo‘lib, 4 kishi bedarak yo‘qolgan..
Tszinpin uyezdida yog‘in miqdori 200 mm.ni tashkil etgan. Agentlik xabariga ko‘ra, avtomobillar harakati yo‘qolgan tumanlarda telefon va elektr tarmoqlari aloqasi ham ishdan chiqqan. Bir qancha turar-joy binosi vayron bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan hududga qutqaruvchilar allaqachon yetib kelishgan. Hukumat tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan moddiy talofatni o‘rganmoqda.