Suriya hududida na nemis maxsus bo‘linmalari, na harbiy bo‘linmalari mavjud, deb xabar qilgan Germaniya mudofaa vazirligi rasmiy vakili.
"U yerda maxsus bo‘linmamiz yo‘q. U yerda bizning hech qanday bo‘linmamiz yo‘q", — degan Germaniya mudofaa ma'muriyati vakili maxsus brifingda.
Avvalroq, Al-Mayadin telekanali o‘z manbalariga tayangan holda, GFR maxsus kuchlarining o‘nlab askarlari Suriya hududiga kirganini xabar qilgan edi. Ular go‘yoki Halab provinsiyasining Mabij tumanida jangovar amaliyotlarda qatnashayotgan fransuz va amerikalik kuchlarga kelib qo‘shilgan.
Keyinroq SANA agentligi Suriya tashqi ishlar vazirligi mamlakat shimolida Fransiya va Germaniya maxsus kuchlari borligini qoralagani haqida xabar qilgandi.