Fransiyada 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2016 munosabati bilan Toshkent fransuz alyansi va Fransiya elchixonasi birgalikda «Yevro-diktant» tashkil etishdi.
Chempionatning ochilish kuni 10 iyunda AFT binosida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari fransuz yozuvchisi Fransua Begodo romanidan olingan bir parchani o‘qib berdi. Diktantda 30 nafar talaba ishtirok etdi.
Barcha ishtirokchilarga Fransiya bayrog‘i tasviri tushirilgan futbolkalar taqdim etildi. 5 nafar g‘olibga Yevro-2016 rasmiy ramzi tushirilgan futbol to‘plari sovg‘a qilindi. Fransiya elchixonasi g‘oliblarni qutlaydi.