Betmen komiks va filmlardagi eng zaif superqahramon, deya e'tirof etildi. Bu haqda Lester universiteti talabalari besh yillik izlanishdan so‘ng ma'lum qilishgan. Tahlil natijalari oliy o‘quv yurti saytida joylashtirilgan.
Tadqiqotchilar Betmenda boshqa superqahramonlar singari g‘ayrioddiy kuch ko‘rishmagan. Bundan tashqari, u tomonidan qo‘llaniladigan narsalar harakati xavfsiz hisoblanmaydi.
Superqahramonlar orasida eng kuchlisi va hamma ishga qodiri sifat
ida Supermen tan olingan. Jangari yo‘nalishda esa unga yaqin keladigan qahramonlar sirasiga Rosomaxa, Tor va Mistik kirgan. Eng vayronkor personaj sifatida Qora Momaqaldiroq e'tirof etilgan.
Ma'lumot uchun: Supermen va Betmen Amerikaning DC Comics nashri komikslari qahramonlaridir. Bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lishgan. Supermen — 1938 yilda, Betmen — 1939 yilda. Betmen ilk bor 1943 yilda ekranlashtirilgan. Supermen esa 1948 yilda.