Internet xavfsizligi sohasi mutaxassislari, eBay’ga o‘xshagan, ammo xakerlar tomonidan buzilgan 70 mingga yaqin server sotiladigan qora bozor mavjudligini aniqlashgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Kasperskiy laboratoriyasi» ma'lumotlariga ko‘ra, qorabozorda 173ta davlatdagi hukumat, kompaniya va universitetlarga tegishli kompyuterlarga ulanish imkoniyati savdoga qo‘yilgan. Hisoblash texnikalarining asl egalari bu holatdan xabari ham bo‘lmasligi mumkin, deyishgan ekspertlar.
Avvaldan buzilgan kompyuterga kirish huquqi 6 dollarga sotiladi. 7 dollardan boshlab bir necha davlatlardagi hukumat serverlariga kirish mumkin bo‘ladi.