Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osbornning aytishicha, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi 42,4 mlrd dollarga aylanadi, hukumat esa soliqlarni oshirish va ijtimoiy dasturlarning moliyalashtirilishini qisqartirishga majbur bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Osborn 15 iyunda Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi vaziyatida bu mamlakat iqtisodiyotiga qanday oqibatlarga olib kelishi haqida nutq so‘zlamoqchi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat byudjyeti yaqin 4 yil ichida 30 mlrd funt sterlingdan mahrum bo‘ladi, chunki YeIdan chiqish iqtisodiyot o‘sishining past sur'atlariga olib keladi. Ta'kidlanishicha, Osborn byudjyet tanqisligi yuzaga kelishini prognoz qilmoqda, uni esa soliqlarni oshirish hisobigagina qoplash mumkin bo‘ladi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, daromad solig‘ining tayanch stavkasi 2 foizga, ya'ni 22 foizgacha, meros uchun soliq esa 5 foizga, ya'ni 45 foizgacha, benzin va spirtli ichimliklarga aksiz solig‘i 5 foizga oshirilishi mumkin. Davlatning sog‘liqni saqlash, mudofaa, ta'lim, politsiya va transportga xarajatlari qisqartiriladi.
Buyuk Britaniyaning YeIdagi maqomi bo‘yicha referendum 23 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrem Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi YeIning parchalanib ketishiga olib kelishi mumkinligini aytgandi.