Argentinaning sobiq jamoatchilik ishlari vaziri, sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirshner vaqtida ishlagan Xose Lopes monastir hududida 8,5 mln dollarni ko‘mib qo‘ymoqchi bo‘lganda voqea ustida qo‘lga olindi.
Politsiyachilar Lopesni Buenos-Ayres yaqinidagi monastirda ularga mahalliy aholi vakilidan biri tungi payt monastirda begona odam yurgani haqida xabar bergandan keyin qo‘lga olishdi. Tintuv vaqtida Lopes mashinasining yukxonasidan dollar, yevro, yapon yyenalari va qatar riallari, qimmatbaho zargarlik buyumlari va soatlar solingan 160 ta paket hamda ruxsati bo‘lmagan qurol topilgan.
Lopes uni ushlagan politsiyachilarga pora bermoqchi bo‘lgan, biroq buni uddasidan chiqa olmagach, rohiblarga bu pullarni ularning ehtiyojlari uchun bermoqchi bo‘lgani, biroq politsiyachilar uni tunamoqchi bo‘layotganlarini aytgan.
Ayni vaqtda Lopes hibsga olingan. Mamlakatning amaldagi prezidenti Maurisio Makri sobiq vazirning bunday alfozda qo‘lga olinishini sharmandalik deb atadi hamda korrupsiyaga qarshi kurashda erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.