Apple dumaloq displey uchun patent oldi  

Fan-texnika 00:28 / 15.06.2016 6335

Apple aylana shaklidagi displeyga ega qurilma uchun patent oldi. Bu haqida AQShning patentlar va tovar belgilari bo‘yicha boshqaruv sayti xabar beradi

Aynan qaysi qurilmaga mazkur texnologiya qo‘llanilishi hozircha noma'lum. Biroq patentdagi ta'rifdan shuni bilish mumkinki, undan bukiluvchan displeyli gadjyetlarni yaratishda foydalanishlari mumkin. 

Suratda ovoz balandligini sozlash va an'anaviy yon tugmalar ham sensorli bo‘lishini ko‘rish mumkin. Patentlangan displeyda qurilma sensorli panel bilan «o‘ralgan» shaklga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: