2016 yili O‘zbekiston eksportida oziq-ovqat mahsulotlari hissasi 10 foizdan oshadi

Iqtisodiyot 13:48 / 15.06.2016 10148

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, respublika umumiy eksportida oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi 10,2 foizni tashkil etgan. 

Joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlariga davlat buyurtmasi joriy qilingani sababli, «O‘zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi orqali 1,4 mln tonnadan ortiq meva va sabzavot eksport qilinishi rejalashtirilgan. 

O‘tgan yili respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bu raqam 600 ming tonnaga yaqin bo‘lgan. 

TIAIS vazirligi axborotiga binoan, 2015 yili oziq-ovqat mahsulotlari eksporti O‘zbekiston umumiy eksportida uchinchi o‘rinni band etgan. Umuman, o‘tgan yili energiya manbalari va neft mahsulotlari O‘zbekiston eksportining chorak qismidan (25,9 foiz) ko‘pini tashkil etgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasi (asosan, avia-, avto- va temir yo‘l tashuvlari) ulushi 24,5 foizdan iborat bo‘lgan. 

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, paxta tolasi eksporti 2014 yilgi 7,4 foizdan 2015 yilda 5,7 foizga qisqargan. 

Qora va rangli metallar eksporti esa, barqaror eksport ulushiga ega - 6,4 foiz.

Hisobot davrida kimyo sanoati mahsulotlari eksporti 4,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mashina va uskunalarni chetga sotish hajmi 1,2 foizdan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: