O‘zbekiston IIV: ShHT Sammiti vaqtida Toshkentga kirish-chiqish qoidalari odatdagidek bo‘ladi

O‘zbekiston 23:15 / 14.06.2016 21512

Avvalroq internet nashrlari orqali Toshkentda 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishi munosabati bilan poytaxtga kirish va chiqish to‘xtatilishi haqda xabar berilgan edi. Ushbu xabarlar soxta va asossiz ekanligi ma'lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shaharga kirish va chiqish tartibi odatdagidek davom ettiriladi. Faqatgina xavfsizlik nuqtai nazaridan ayrim chora-tadbirlar kuchaytiriladi. Tashkilot yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan payt Toshkent ko‘chalaridagi ayrim avtomobil yo‘llaridagi harakatlar cheklanadi. Harakatlarni cheklash sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Shuningdek, Toshkent avtomobil yo‘llarida qoidabuzarlik holatlarini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l patrul xizmati va Davlat yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi bo‘linmalari bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar olib boriladi.

Ko‘proq yangiliklar: