Mart oyining so‘ngida britaniyalik fotograf Zenon Tekseyr Muhammad Alining Arizona shtatining Feniks shahrida joylashgan uyiga taklif etildi.
5 iyun kuni Daily Mail gazetasi ilk bor Parkinsondan aziyat chekayotgan boks afsonasining suratlarini e'lon qildi. Bokschi bu kasallikka chalinganida 32 yoshda edi.
Muhammad Ali 4 iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Muhammad Ali o‘ttizga yil ringda jang qildi va 37 uchrashuvda raqiblarini nokoutga uchratdi.
Muhammad Alining nigohlari Parkinson dardining alomatlariga qaramay o‘tkirligicha qolgan.
Parkinson bokschining sportdagi faoliyatiga nuqta qo‘ygan.
So‘nggi bor siqilgan mushtlar, nim tabassum va o‘tkir qarash, dunyo ahliga o‘zi tanigan Muhammad Ali tasvirlarini taqdim etdi.
Qarindoshlarning so‘ziga qaraganda, so‘nggi yillarda bokschi gapira olmagan va imo-ishora orqali fikrini ifodalagan.
Muhammad Ali faoliyati davomida o‘tkazgan 61 ta jangdan 56 tasida g‘alaba qozongan.
AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, u o‘zida Muhammad Alining bir juft qo‘lqopi va fotosuratini saqlab qolgan.
Muhammad Alining shaxsiy hisob-kitobiga ko‘ra, u boshiga 29 ming marta zarba olgan va 57,5 million dollar ishlagan.