UYeFA Rossiya terma jamoasiga rossiyalik muxlislarning Angliyaga qarshi o‘yindan keyin ingliz muxlislar o‘tirgan tribunaga bostirib kirgani bo‘yicha jazo tayinladi. Unga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi shartli ravishda turnir oxiriga qadar diskvalifikatsiyaga uchragan. Shuningdek, Rossiya futbol ittifoqiga 150 ming yevro miqdorida jarima tayinlangan.
Endilikda, rossiyalik muxlislar tomonidan shunday xatti-harakatlar takrorlansa, terma jamoa turnirdan chetlatiladi.
12 iyun kuni Rossiya va Angliya o‘rtasida Marsel shahridagi "Velodrom" o‘yingohidagi uchrashuv yakunlangach, rossiyalik 30 nafar muxlis stadion xodimlari halqasini yorib o‘tib, inglizlar tribunasiga bostirib kirgandi. Ular inglizlarning bayroqlarini tortib olishgan va mushtashuv uyushtirgan.
UYeFA bu hodisa bo‘yicha intizomiy ish ochgan. Tashkilot rossiyaliklarni tartibsizlik uyushtirishda, irqchilik qilishda va tribunalarda pirotexnik vositalardan foydalanishda ayblagan.
Yevro-2012 vaqtida ham maxlislarining harakatlari tufayli jazolangan Rossiya termasiga o‘yinlarni bo‘sh tribunalarda o‘tkazish va 50 ming yevro jarima to‘lash xavfi bor. Shuningdek, yana bir bor o‘yinlar vaqtida rossiyalik muxlislar tomonidan irqchilik ruhidagi harakatlar kuzatilsa, jamoa turnirdan chetlatilishi va ochkolar olib tashlanishi mumkin.
Angliya-Rossiya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar to‘qnashuvi videolari tarqaldi
Fotojamlanma: Rossiya — Angliya o‘yinidan keyin tribunadagi tartibsizliklar
Manba: Tribuna.Uz