Rim papasi Frantsisk boshqa bir taniqli argentinalik, Argentina prezidenti Maurisio Makrining hadyasini qabul qilmadi, deb xabar qilmoqda The Guardian gazetasi. Papaning bunday keskin qaroriga ehson qilingan pul miqdorida uchta olti -666 raqamlarining borligidir.
Xabarlarga ko‘ra, mamlakat prezidenti Frantsisk qo‘llab-quvvatlaydigan Argentina xayriya tashkilotlaridan biriga 16,666 000 argentina pesosi (1,2 mln AQSh dollari) miqdorida mablag‘ hadya qilgan.
Ammo, Katolik cherkovi bosh ruhoniysi ushbu tashkilotga maktub yo‘llab, pullarni rad etishni so‘ragan. Frantsisk xatning so‘nggida: «Menga 666 yoqmayapti» deb yozgan.
Aniqlik kiritilishicha, dastlab ushbu pul o‘tkazmasi, ikki argentinalikning munosabatlarini yaxshilayotgani timsoli sifatida baholangan.