Respublika qon quyish markazida xayriya tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston 17:58 / 14.06.2016 4201

Respublika qon quyish markazida Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Xayriya tadbirida qon topshirish arterial gipertoniya xastaligining oldini olishi, organizmdagi modda almashinuvini yaxshilashi va immun tizimini mustahkamlashi xususida so‘z yuritildi. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlar tegishli shifo maskanlarida to‘rt bosqichli tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, shifokor tavsiyasiga binoan donorlik qilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbirda donorlik ishiga katta hissa qo‘shayotgan tashkilot va donorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: