Prezident Vladimir Putin Rossiyada sudlangan ukrainaliklar - Gennadiy Afanasev va Yuriy Soloshenkolarni afv etdi. Bu haqida Kreml sayti xabar beradi.
«Prezident 2014 yil 17 dekabrda Moskva shahar sudi tomonidan sudlangan Gennadiy Afanasevni ozodlikdan mahrum bo‘lish ko‘rinishidagi jazodan ozod etgan holda o‘z farmoni bilan afv etdi. Davlat rahbari o‘zining boshqa farmoniga muvofiq, 2015 yil 14 oktabr kuni sudlangan Yuriy Soloshenkoning ham ozodlikdan mahrum qilinish jazosini bekor qildi», — deyiladi xabarda.