Poroshenko Ukrainada partizanlik harakatini avj oldirishga chaqirdi

Jahon 18:49 / 14.06.2016 6486

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko urush bo‘lgan taqdirda mamlakatda partizanlik harakatini yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Ukraina rahbari matbuot xizmati. 

Poroshenko Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabida bo‘lib o‘tgan «Gibrid urush darslari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda shunday fikrlarni bildirgan. Shu bilan birga, uning aytishicha,  rasmiy Kiyev armiya shartnoma asosidagi askarlar bilan to‘lgani bois safarbarlik e'lon qilmaydi. 

«Keng qamrovli hujum sodir bo‘lgan taqdirda umummilliy safarbarlikka oid dastur bo‘lishi lozim. (...). Biz hozirda umumiy safarbarlik e'lon qilmayotganimizning sababi,  shartnoma asosidagi armiya o‘zini oqlayotganidadir», — deb qayd etgan davlat boshlig‘i.

Ko‘proq yangiliklar: