Ozodlik haykali kimning timsoli ekanligini hech kim bilmaydi. Aslida esa...

Light 18:27 / 14.06.2016 41640

AQShning eng mashhur ramzi nima ekanligi haqidagi savolga dunyoning istalgan yerida yashovchi aholi qiynalmay javob bera oladi. Shubhasiz, bu – Amerika Ozodlik haykalidir. 

Ammo ushbu mashhur haykalning qiyofasida aynan qaysi ayolning qiyofasi gavdalantirilganligi, haykalning yaratilishi tarixi, Ozodlik haykalining to‘liq nomi esa “Ozodlik, dunyoni yoritadi” deb atalishi ham hammaga ayon emas. 

Shunday qilib, Mustaqillik va demokratiya ramzi sifatida Ozodlik haykalini yaratish g‘oyasi 1865 yilda tug‘ilgan edi. Ushbu yodgorlik konseptsiyasi  fransuz me'mori Frederik Ogyust Bartold tomonidan ishlab chiqilgan edi. Dastlab muallif Misr haykaltaroshligi uslubida ishlay boshladi. Unga ko‘ra musulmon ayollar haykali Port-Said shahrida qad rostlashi, 1869 yilda qurilgan Suvaysh kanalini tarixiy yodgorlik sifatida bezab turishi ko‘zda tutilgan edi.   
Ammo Bartold Ismoil podshoni haykal yaratish uchun mablag‘ ajratishiga har qancha ko‘ndirishiga urinmasin, 1871 yilda usta Misr hukumati tomonidan rad javobini oldi. Ammo bu bilan haykaltarosh ishsiz qolmadi. 

1776 yil, 4 iyulda AQSh mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinganligiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan sovg‘a uyushtirib, bu sovg‘ani yaratish uchun  Fransiya hukumati Bartoldga buyurtma berdi. 

Shunday qilib musulmon dehqon ayoli g‘arb ayoli qiyofasiga o‘zgardi va ushbu yodgorlik nomi “Osiyo nur”dan “Ozodlik, dunyoni yoritadi” bo‘lib o‘zgardi.  

Birinchi nusxada me'mor amerikalik tadbirkor, beva ayol Isaak Singer tikuv mashinasi ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi  Izabella Boyyer timsolini yaratgan edi. Haykalning ikkinchi timsolida esa me'mor o‘z onasi Sharlotta Bartoldni gavdalantirdi. 

Quyida siz Bartoldning onasining suratini ko‘rishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: