Olimlar: Suli yormasi saratondan qutqaradi

Light 15:27 / 14.06.2016 35719

Harvard universiteti olimlari yangi tadqiqot o‘tkazishdi va har kuni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqani iste'mol qilish saratondan himoya qilishini aniqlashdi. Bu haqida The Telegraph nashri ma'lum qilgan.

Olimlar 800 ming kishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar saqlangan 12ta yirik tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi. Buning natijasida suli yormasini kuniga 70 grammdan iste'mol qilgan kishilarda har qanday kasallikdan vafot etish xavfi 22 foizga, saraton kasalligi natijasidagi o‘lim xavfi esa - 20 foizga kamaygani aniqlandi. 

Bundan tashqari, yurak-qon tomiri kasalliklari natijasida yuz beradigan o‘lim xavfi ham 20 foizga qisqargani kuzatilgan. 

Olimlar barcha insonlarga kunni suli yormasidan (70-100 gramm) tayyorlangan bo‘tqa bilan boshlashni tavsiya qilishmoqda. Ularning fikricha, makaron mahsulotlari yoki guruchga qaraganda suli yormasining foydali xususiyatlari ancha ko‘proq.

Ko‘proq yangiliklar: