KXDR yetakchisi Kim Chen In 2013 yili vatanga xiyonat qilgani uchun qatl etilgan pochchasini yodga solib turgan "qishloq modeli"ni yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Sky News telekanali.
Qayd etilishicha, 2012 yili tashkil etilgan qishloqda Pxenyan inshootlarining mitti namunalari bo‘lgan. O‘sha loyihani esa, Shimoliy Koreya yetakchisining pochchasi bo‘lgan Chan Son Txek boshqargan.
«Kim har doim, qachonki ushbu qishloq modelidan o‘tsa, Txek uning yodiga kelishidan nolib turardi», — degan vaziyatdan xabari bor manba.
2013 yili dekabr oyida Txek vatanga xoinlikda aybdor deb topilgan va sud qaroriga ko‘ra o‘lim jazosiga hukm etilgandi. Hukm shu kunning o‘zida ijro etilgan.