Xalqaro tennis federatsiyasi Mariya Sharapovani meldoniy iste'mol qilgani uchun ikki yilga diskvalifitsiya qilgan edi. Shu sababli rossiyalik tennischi Lozandagi Sport arbitraj sudida (CAS) ITF'ning bu qarorini apellyatsiyaga berdi. Sharapova o‘z arizasida uni musobaqalarda qatnashishdan chetlashtirishni bekor qilish va uni to‘liq oqlash yoki diskvalifikatsiya muddatini cho‘zishni so‘ramoqda.
Sud 18 iyuldan kech bo‘lmagan muddatda mazkur ish bo‘yicha o‘z qarorini chiqaradi. Bu haqida CAS rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mart oyining boshida tezkor matbuot anjumanida Sharapova Australian Open’da meldoniyni doping-sinovdan o‘tkazish ijobiy yakunlanganini aytgan edi. Xalqaro tennis federatsiyasi 12 martdan boshlab sportchini musobaqalardan chetlashtirdi. 8 iyun kuni esa ITF tennischini ikki yilga diskvalifikatsiya qilganini ma'lum qildi.
Mariya Sharapova ikki yilga tennisdan chetlashtirish bo‘yicha qarorni apellyatsiyaga berdi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25563
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34516