«Everton» jamoasi hollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanning yangi bosh murabbiy lavozimiga tayinladi. U bilan shartnoma 3 yil muddatga tuzilgan.
Kuman o‘tgan mavsumda «Sauthempton» jamoasida ishladi va bu jamoa bilan Angliya chempionatida 6-o‘rinni egalladi. «Everton» esa o‘tgan mavsumni 11-o‘rinda yakunladi va mavsum yakunlanmasdanoq Roberto Martines ishdan bo‘shatildi.
Britaniyadagi nashrlar ma'lumolariga ko‘ra, Kuman APLdagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbylardan biriga aylanadi. Rahbariyat unga yiliga 9 mln yevro miqdoridagi maosh tayinlagan.
Manba: Tribuna.UZ