Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va Kia Motors kompaniyalari, mamlakatdagi va AQShda 370 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi, deb xabar qilgan bir guruhga kiruvchi ikki avtomobilsozlik korxonalari vakillari.
"Hyundai Amerika bozoridan 81 ming dona Tucson yo‘ltanlamasini qaytarib oladi. Bunga kapotning qo‘shimcha qulfidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Yana 62 mingta shunday mashina mahalliy bozordan chaqirib olinadi", - deyiladi xabarda.
Xabarlarga ko‘ra, 2015 yil 19 maydan 2016 yil 14 martigacha muddatda ishlab chiqarilgan mashinalar qaytarib olinadi. Kapotning ikkilamchi qulfi unchalik ham sifatli emasligi sabab, mabodo avtomobil harakatlanayotgan vaqtda kapotning asosiy qulfi ishlamay qolsa, uning ochilib ketishi bilan halokat ro‘y berish ehtimoli ortadi.
Ayni vaqtda, Kia Motors o‘zining 219,8 ming dona Sedona minivenlarini chaqirib olishni rejalashtirmoqda. Ularda ham xuddi shunday muammo kuzatilgan. Bu minivenlar 2005 yil 15 iyunidan 2014 yil 4 apreliga qadar ishlab chiqarilgan.