Fransiya rossiyalik fanatlarning bir guruhini deportatsiya qiladi

Sport 14:51 / 14.06.2016 2822

Rossiyalik futbol ishqibozlari guruhi rahbari Aleksandr Shpriginning ma'lumotiga ko‘ra, Fransiya hukumati rossiyalik muxlislardan bir qanchasini mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qilgan.

Avvaliga fransuzlar ikki nafar rossiyalikni deportatsiya qilishi haqida xabar berilgandi.

"Biz rossiyalik muxlislardan iborat rasmiy guruhmiz! Bu yerda sirk bo‘lmoqda! Avtobusda fan-klub rahbarlari! Barchani deportatsiya qilishmoqda! Marseldagi tartibsizliklarda ishtirok etgan bezorilarni qo‘lga olisha olmagan. Lekin 3 kun o‘tib rasmiy fan-klubni deportatsiya qilishmoqda!", deb yozgan Shprigin o‘z tvitterida.

Bundan oldinroq, Angliya va Rossiya o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tribunada ro‘y bergan to‘qnashuvlar tufayli UYeFA ikki jamoani yana shunday holat takrorlangan taqdirda diskvalifikatsiya kutishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Shuningdek, tashkilot RFIga qarshi intizomiy ish ochgan.

Manba: Tribuna.Uz

Ko‘proq yangiliklar: