Eron Boeing’dan 100 ta samolyot sotib olishga yaqin turibdi

Jahon 23:57 / 14.06.2016 5052

Eronlik amaldorlar va AQShning Boeing kompaniyasi vakillari 100 ta yo‘lovchi samolyoti sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

G‘arb va Yaqin Sharqdagi manbalarning aytishicha, Iran Air aviakompaniyasi samolyotlarni AQSh hukumati ma'qullagandan keyin sotib olishi yoki ijaraga olishi kerak. Eron vaziri Tehron Boeing bilan kelishuvga erishgani va buning tafsilotlari keyinroq chop etilishini ma'lum qildi. 

Eron Boeing’dan 100 ta samolyot sotib olmoqchi ekanligi yanvarda ma'lum bo‘lgan. Eron o‘zining eskirib qolgan aviaparkini yangilashga ehtiyoj sezmoqda.

Yanvarda Tehron Airbus’dan 25 mlrd dollarga 118 ta samolyot sotib olishga rozi bo‘lgandi. Bitim Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Fransiyaga tashrifi vaqtida tuzilgan va bu Eron uchun 1979 yildan beri aviatsiya sohasidagi eng yirik bitim bo‘lgandi.

Eron tomonidan xorijiy samolyotlarning sotib olinishi mamlakatdan sanksiyalarning bekor qilinishi sababli mumkin bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: