Yaponiyada qora tarvuz 4,7 ming dollarga sotildi

Jamiyat 19:25 / 14.06.2016 10951

Yaponiyaning Toma shahridan (Xokkaydo prefekturasi) bo‘lgan fermer "denske" navli qora tarvuzni 500 ming iyenga (4,7 ming dollar) pullagan. Kiodo agentligi xabariga ko‘ra, joriy yildagi ilk auksionda jami 260 dona shunday tarvuz sotilgan.

Qayd etilishicha, bu fermerning tarvuzi uchun to‘langan narx rekord o‘rnata olmadi. 2008 yili eng qimmat "denske" 600 ming iyenga (6,1 ming dollar) sotilgandi. Bunday tarvuzlar sirti to‘q yashil bo‘lib, "qora tarvuz" deb ham ataladi va juda shirin bo‘ladi. Toma shahri shunday tarvuzlar yetishtiriladigan joy bo‘lib, har yili bu shaharda shunday tarvuzlar auksion orqali sotiladi. Joriy yilda Xokkaydogi fermerlar jami 70 mingta shunday yuqori navli tarvuzlarni o‘rtacha 5 ming iyendan (47 dollar) sotishni mo‘ljallashgan.

Yaponiyada noodatiy hajmiga, shakliga, rangiga va ta'miga qarab meva va poliz ekinlarini juda qadrlashadi hamda juda yuqori narxlar to‘lashadi. May oyida "yubari" navli qovunning ikki donasi uchun 3 mln iyen (28 ming dollardan ortiq) to‘langandi va bu rekord sifatida qayd etilgan. O‘tgan yili xaridorlardan biri Ksyusyu oroli janubida, Miyadzaki prefekturasida bir juft mango uchun 2,5 ming dollar sarflagan.

Ko‘proq yangiliklar: