Amerikalik rejissyor yuk furgonini ko‘chma kvartira-studiyaga aylanirdi

Fan-texnika 16:57 / 14.06.2016 5287

Molodoy amerikanskiy rejissyor Zak Bot (Zach Both) Imgur ijtimoiy tarmog‘ida eski yuk furgonini qanday qilib, qulay ko‘chma uyga aylantirganini hikoya qildi. U, o‘zining g‘ildirakli uylarda istiqomat qilish istagini kasbi bilan izohlagan. Uning aytishicha, kinematograf hikoyalarni filmga aylantirishi uchun turli hududlarda kezib yurishi kerak. 

Bot Craigslist saytidan 2000-yillar boshida ishlab chiqilgan furgonni xarid qilgan. U, mashinaga o‘zgartirishlar kiritishdan avval, fotoshopda uning yakuniy suratini chizib olgan. 

Zanglarni ketkazish hamda vakuumli tozalashdan ishni boshlagan Zak mashinani qaytadan bo‘yoqlab, ichki tomonini issiqlik saqlovchi materiallar bilan o‘ragan. 

Isitish imkoni bo‘lmagan barcha yoriqlarga montaj ko‘pigi surilgan. Zakning otasi esa, furgon tomida havo aylantirish teshigini ochishda o‘g‘liga yordamlashgan. 

Klivlend cherkovi tomonidan bepul berilgan taxtalar, ichki bezash ishlarida asqatgan. Furgonning vinil poli faner ustidan joylangan. 

Furgonni ichki qismini hududlarga bo‘lish uchun fanerdan detallar yasab olingan. Matrasni esa, mashina eniga mos kelishi uchun qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. 

Mashinaning tomiga 2ta quyosh batareyasi ham o‘rnatilgan bo‘lib, u kichikkina muzlatgich va boshqa elektr ehtiyojlarini ta'minlaydi. 

Orqa oynalarning pardalari, Zakning so‘zlariga ko‘ra, oson ochilib-yopilishi uchun magnitlar bilan mahkamlanadi. 

Umuman, furgondagi ko‘pgina buyumlar bir necha vazifani bajaradi. Misol uchun, kursi bir vaqtning o‘zida chiqindi idishi ham hisoblanadi.

Oq parda esa proyektor uchun ekran vazifasini bajaradi. Stolni haydovchi o‘rindig‘iga bog‘lab qo‘yish yoki u bilan furgonning ichki hududini ajratish ham mumkin.

 

Bundan tashqari, Zak Bot o‘z tajribasidan kelib chiqib, bepul onlayn maslahat tashkil etgan va uni internetga joylashtirgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: