Amerikalik Stiven Gomes o‘zining YouTube-kanalida "Kyrga-what?" deb nomlangan videoni chop etdi. Gomes videoda Qirg‘iziston madaniyati, tili va urf-odatlari haqida rep o‘qiydi. Bu haqda "Kechki Bishkek" nashri xabar bermoqda.
Gomes repni ingliz tilida o‘qiydi va ora-orada qirg‘izcha so‘zlar qo‘shib qo‘yadi. Repchi videoda Qirg‘iziston qayerda joylashganini tushuntiradi. Gomes rep uslubida aytadigan she'r Qirg‘izistonning shartli "koordinatalarini" bildiruvchi so‘zlardan boshlanadi: "Markaziy Osiyoda, Xitoy yonida, Ipak yo‘li degan mashhur yo‘l bor joyda".
Bundan tashqari, qirg‘iz va ingliz tilidagi subtitrlar bilan boradigan videoda Bishkek, qirg‘iz milliy oshxonasi, madaniyati va bu yerda yashovchi odamlar haqida so‘zlanadi.
"Men videoni dunyoga bu Osiyo davlati haqida aytishgina uchun emas, balki qirg‘izlarni ozgincha bo‘lsa ham inglizchaga o‘rgatish uchun qildim", deyilmoqda videoga qoldirilgan izohda.