2016 yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining ba'zi masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda AQSh Muvaqqat ishlar vakili Lessli Viguri ishtirok etdi.