Norvegiyada 2025 yilga kelib benzinda harakatlanuvchi avtomobillar haydash butunlay bekor qilinadi

Fan-texnika 00:11 / 10.06.2016 4739

Norvegiyaning to‘rtta asosiy siyosiy partiyasi benzin va dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi avtomobillar sotishni butunlay bekor qilish yo‘llarini muhokama qilishdi. Mazkur reja juda qisqa vaqt ichida —2025 yilga kelib amalga oshishiga qaror qabul qilindi. Shunisi ajablanarliki, Norvegiya katta miqdorda neft eksport qiluvchi mamlakat sanaladi. Agarda barcha ekologik toza avtomobillarga o‘tiradigan bo‘lsa, yig‘ilgan yoqilg‘ilar nima bo‘ladi?

Norvegiya o‘z aholisini elektromobil haydashga chorlayotgan birinchi mamlakat emas. Avvalroq, Hindiston ham shunga o‘xshash rejalar haqida ma'lum qilgan, biroq buni faqat 2030 yillardan so‘nggina amalga oshirish mumkin. Ayni damda esa bu loyiha rejalashtirish bosqichida. Niderlandiya ham mazkur masalaga e'tibor qaratgan, biroq mamlakat parlamenti hozircha yagona qarorga kelmagan. 

Aynan Norvegiyada elektrokarlarga o‘tish rejasi bo‘yicha birinchi qonunchilik doirasida qaror tasdiqlandi. Ilon Mask ham bu xabarni eshitgach, chetda qolmadi va o‘zining shaxsiy tvitter sahifasida Norvegiya ahlini davlat muhim qaror qabul qilgani bilan tabrikladi. 
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib Norvegiyadagi 24 foizga yaqin yangi avtomobillar – bu elektrokarlardir.
Shunday ekan, bu mamlakat shubhasiz, mazkur sohada boshqa Yevropa davlatlari orasida yetakchi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: