Tadqiqot: Odamlarning uchdan bir qismi uchun smartfon ota-onadan muhimroq bo‘lib chiqdi

Light 18:36 / 09.06.2016 8308

Vyurtsburg universiteti va Nottinhem-Trent universiteti mutaxassislari yangi tadqiqot o‘tkazishdi. Unga ko‘ra so‘roq qilinganlarning 29 foizi uchun smartfon ota-ona va yaqin do‘stlaridan muhimroq bo‘lib chiqdi. Bu haqida "Kaspiyskiy labaratoriyasi"ning blogida ma'lum qilingan.

37,4 foiz respondentlar smartfon ular uchun yaqin do‘stlaridek muhim ahamiyat kasb etishini tan olishgan. Mobil qurilmaning faqat zarur paytlarda kerakligini tadqiqotning 16,7 foiz ishtirokchilari qayd etishgan. 

So‘rov qatnashchilarining 1,1 foizi smartfonni "hayotdagi eng muhim narsa" deb tan olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: