Jaguar Land Rover avtokompaniyasi o‘zining yangi sport krossoveri Range Rover Sport Coupe’ning yo‘l sinovlarini boshladi, deb xabar qilmoqda Motor1.com.
Yangi mashinaning rasmiy taqdimoti 2017 yil oxirida bo‘lishi kerak. Ammo fotojosuslar uning Shotlandiyadagi testlarini suratlarga muhrlashning uddasidan chiqishgan.
Britaniya kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, avtomobil BMW X6 va Mercedes GLE Coupe’ga raqobatchi bo‘la oladi.
Avtomobil Jaguar F-Pace platformasida barpo etilishi sabab, unga 3-litrli 340 ot kuchiga ega V6 dvigateli ham o‘rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, uning gibridli va to‘liq elektr rusumlari ham ishlab chiqarilishi haqida avval xabar qilgan edik.