Ispaniyada Telegram yordamida referendum o‘tkazilmoqda

Jahon 16:08 / 09.06.2016 2646

Valensiyadagi Kuart-de-Poblet munitsipaliteti sakkizta ko‘chani qayta nomlashga doir referendum tashkillashtirdi.

Aholi Telegram messenjeri yordamida o‘z ovozini qoldirishi mumkin. Bu haqida Kuart-de-Pobletning rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Munitsipalitet ma'muriyati shuningdek maxsus mobil terminallar va shaxsiy sayti orqali ovoz to‘plashni ham yo‘lga qo‘ydi. 

Telegram orqali ovoz berish uchun Kuart-de-Poblet aholisi @QuartVotaBOT botiga a'zo bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng foydalanuvchilar tug‘ilgan sanasi, milliy identifikatsiya kartasi yoki soliq raqami yordamida avtorizatsiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi. 

Referendum 6 iyundan 11 iyunga qadar davom etadi.

Levante gazetasining xabar berishicha, ovoz berishning birinchi kunida 79 nafar kishi Telegram messenjeridan foydalangan.

Ko‘proq yangiliklar: