Internet foydalanuvchilari 10 yoshli bolalarga mo‘ljallangan misolni yecha olishmadi

Jamiyat 18:18 / 09.06.2016 10428

Buyuk Britaniyadagi maktabda 10 yoshli bolaga berilgan uy vazifasi ko‘plab internet foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ydi. Bu haqida Mashable nashri ma'lum qildi. 

Bola ikki ko‘p burchakli shakllarning perimetrini topish kerak bo‘lgan vazifani o‘zi uddalay olmaganidan keyin otasiga murojaat qildi.  

Buni qarangki, iqtisodchi ota ham vazifani bajara olmadi, nevarasiga uy vazifalarini bajarishda doim yordam beruvchi buvisi ham buning uddasidan chiqa olmadi.

Shundan so‘ng bolaning otasi ushbu misol yozilgan sahifani suratga olib, ijtimoiy tarmoqqa chiqardi. Hattoki mahalliy nashrlar ham vazifani bajarishga kirishib ketishdi. 

Ba'zi sharhlovchilar vazifa shartining noto‘g‘ri berilganligini ta'kidlashdi.

To‘g‘ri javobni esa «B K Eindvistle» nikli foydalanuvchi berdi: shakllarning umumiy perimetri 44ga teng bo‘lib chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: