Google kompaniyasi Apple ortidan ishlab chiqaruvchilar daromadini oshiradi

Fan-texnika 20:42 / 09.06.2016 3029

Google kompaniyasi Apple ortidan dasturlar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik modelini o‘zgartirishga qaror qildi. IT-gigant Apple’dan farqli ravishda, komissiyalarni qo‘shimcha shartlarsiz kamaytiradi, deb yozmoqda Re/code. 

Google dasturlar yaratuvchilariga foydalanuvchi tomonidan yillik obuna rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, dasturdan 85 foiz daromadni to‘laydi. Bunda korporatsiya Apple taklif qilgandek mijozlarni yil davomida ushlab turishni talab qilmaydi. Komissiya foydalanuvchilik obunasini ikkinchi yilga uzaytirmasdan ham kamaytiriladi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Google ba'zi ko‘ngilochar dasturlar yaratuvchilari bilan yangi modelni sinovdan o‘tkazmoqda.

Google Play bilan ishlashning yangi qoidalari qachon kuchga kirishi ma'lum qilinmayapti. 

Avvalroq App Store do‘konida yillik obunani rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘lishi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: