Birlashgan Millatlar Tashkiloti Irlandiyada homilani olib tashlashning taqiqlanishi ayollar huquqini poymol qilishi va inson qadr-qimmatiga putur yetkazishi aytilgan ma'ruzasini taqdim etdi. Bu haqida Associated Press xabar berdi.
29 sahifali hisobotida BMT shuningdek Irlandiyani abort amaliyotini qonuniylashtirishga va homiladorlikni to‘xtatish uchun kerak bo‘lgan zamonaviy sharoit bilan ta'minlashga chaqirdi.
Hujjatda Amanda Milletning holati namuna sifatida keltiriladi. 2011 yilda bu ayolga shifokorlar bolaning yuragida jiddiy muammolar borligi hamda uning o‘lik holatda tug‘ilishini aytgandan so‘ng homilani to‘xtatishni taqiqlab qo‘yishgan. Irlandiyada faqat ayolning sog‘lig‘i xavf ostida bo‘lgandagina abortga ruxsat beriladi.
Mahalliy qonunlarga ko‘ra, ayol kishi homilani oxiriga yetkazishi yoki chet elda abort qildirishi kerak.