Yevro-2016 o‘yinlari arafasida turli taxminlar, fikrlar ko‘payib ketdi. Futbolchilar masalasida-ku, aytmasa ham bo‘ladi. Anan shunday futbolchilardan biri, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanndir.
Tushkun kayfiyat
Chempionlar Ligasining finalidan so‘ng Grizmanni umuman tushunib bo‘lmay qoldi. Shu bois u Yevro-2016 ni juda tushkun kayfiyatda boshlamoqda. Hujumchining top-darajasi yana so‘roq ostida turibdi. Uning bundan keyingi taqdirini terma jamoadagi o‘yini hal etib beradi.
Jismoniy kamchilik
O‘tgan hafta UYeFA Player Barometer – Yevro-2016 ning eng serg‘ayrat futbolchilari ro‘yxatini taqdim etdi. Hisoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, Krishtianu va Zlatan barchani ortda qoldirmoqda. Grizmann – bu ro‘yxatda 39-o‘rinda qayd etilgan.
Buning tasdig‘i sifatida hujumchining so‘nggi oylarda yugurish masofasi 0,5 kilometrga qisqartirgani bilan izohlashmoqda.
Noodatiy taktika
Hujumchining yana bir muammosi shundaki, u murabbiy bilan uyg‘unlasha olmayapti. “Atletiko”ning aksar hujumlari Antuanning zarbasi bilan yakunlanadi. Unga qanotlardan yoki markaziy qismdan to‘p uzatishadi va u hujumni qoyilmaqom etib yakunlaydi. Ammo Deshamning taktikasi o‘zgacha.
Dide Antuanni 4-3-3 sxemasida qo‘llaydi. Sababi oddiy: Antuan Grizmanning tezkorligi va driblinglari markazning tezkor almashinuviga sabab bo‘ladi.
Shu sabab ham fransuzlarning ushbu hujumchisini zudlik bilan yomon kayfiyat ta'siridan chiqib ketishiga erishish kerak. Aks holda Fransiya mushkul ahvolga tushib qolishi mumkin.